Bugun
Olti o'zbek bokschisi Jahon chempionati nimchorak bosqichida ringga ko'tariladi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Feruza Jumaniyozova: 18 yil oilamga bag‘ishladim

Madaniyat
34
Feruza Jumaniyozova: 18 yil oilamga bag‘ishladim
O‘zbek estradasining mashhur xonandalaridan biri Feruza Jumaniyozova ijoddagi uzoq tanaffus yillari haqida ochiq fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U 18 yil davomida sahnadan chetda bo‘lganini va bu vaqtni to‘liq oilaviy hayotga bag‘ishlaganini ta’kidladi. Feruza Jumaniyozova o‘z intervyusida shunday deydi: "Tanaffus davrida faqat yeb-ichdim, sayohat qildim, bolam bilan shug‘ullandim.

Onam bilan vaqt o‘tkazdim, uy bekasi sifatida yashadim. Bu yillar davomida ijodiy faoliyatga deyarli qaytmaganman, qo‘shiq aytmaganman.

Faqat ba’zan to‘ylar uchun bir-ikkita qo‘shiq tayyorlab, o‘sha eski qo‘shiqlarimni kuylab yurganman. To‘ylarda qo‘shiq aytish men uchun odatiy holga aylangan edi." Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u bu davrda asosan oila a’zolari bilan vaqt o‘tkazishga e’tibor qaratgan.

U qo‘shiqchilik faoliyatidan vaqtincha chekinib, oddiy hayotning zavqini his qilganini ta’kidladi. Feruza Jumaniyozova bu yillarni oila va yaqinlariga bag‘ishlagan bo‘lishidan mamnun ekanini bildirib, o‘z hayotidan qoniqish hosil qilganini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026