ENRU

“Zveropolis 2” Disney tarixidagi eng daromadli film bo‘ldi

Madaniyat
18
“Zveropolis 2” Disney tarixidagi eng daromadli film bo‘ldi
Disney tomonidan ishlangan “Zveropolis 2” multfilmi jahon kinoprokatida 1,7 milliard dollar daromad yig‘ib, Gollivud tarixidagi eng muvaffaqiyatli animatsion kartinaga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu summa orqali “Zveropolis 2” avvalgi rekordchi - “Boshqotirma 2”ni (1,69 milliard dollar) ortda qoldirdi. Shunga qaramay, dunyo miqyosidagi mutlaq rekord Xitoyning “Nechja 2” multfilmiga tegishli bo‘lib, u 2,25 milliard dollar daromad bilan yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Bu haqda Variety nashri xabar berdi. “Zveropolis 2” ana shunday daromad bilan barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlari ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Ushbu multfilm noyabr oyida ekranlarga chiqqanidan so‘ng dastlabki besh kun ichida 559,5 million dollar yig‘ib, animatsion filmlar tarixidagi eng muvaffaqiyatli startni amalga oshirdi. Umuman olganda, Shimoliy Amerikada film 390 million dollar daromad qilgan bo‘lsa, xalqaro miqyosda 1,31 milliard dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayniqsa, Xitoyda film juda iliq kutib olingan bo‘lib, u yerda 619 million dollar daromad ko‘rsatkichiga erishdi. Shuningdek, “Zveropolis 2” Disney tarixidagi eng daromadli film sifatida ham qayd etildi.

Filmda quyon Judi Xopps va tulki Nik Uayld yana birgalikda ishlashadi. Ular Zveropolis shahridagi hayotni butunlay o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan sudralib yuruvchilar bilan bog‘liq sirni fosh qilishga harakat qilishadi.

Filmning Xitoydagi muvaffaqiyati yoshlar orasida sudralib yuruvchilarga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Film qahramonlaridan biri bo‘lgan Gari ilonidan ilhomlangan tomoshabinlar sudralib yuruvchilarni sotib olishga qiziqishni boshlaganliklari ham kuzatilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026