ENRU

Nilufar Usmonova turmush qurish takliflariga munosabat bildirdi

Madaniyat
42
Nilufar Usmonova turmush qurish takliflariga munosabat bildirdi
Nilufar Usmonova turmush qurish takliflariga qanday munosabatda bo‘lishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xonandaning aytishicha, unga turli xil takliflar kelib turadi va u bu vaziyatlarda insonning e’tibori va muhabbatini qadrlashga harakat qiladi. “Rahmat, qabul qildim, deyman.

Chunki bir insonning e’tibori va muhabbatini yerga urishga haqqim yo‘q”, dedi u. Shuningdek, Nilufar Usmonova ayrimlar uning ajrashganini eslatib, unga turmush qurishni taklif qilishlarini, boshqalar esa turmush qurmasdan birga yashash kabi takliflarni ham bildirishlarini aytib o‘tdi.

“Har xil takliflar bo‘ladi. Lekin men o‘zimning hayotimda juda baxtliman”, dedi xonanda.

U hayotidagi qarorlariga sodiq qolishini ta’kidladi. Shuningdek, yaqinlari uchun doimo duo qilishini aytib: “Allohim, bevaqt o‘lim berma.

Hayotimdagi insonlarning umrini ziyoda qilgin”, deb duo qilishini bildirdi. Nilufar Usmonova baxtni yaqinlari bilan vaqt o‘tkazishda, bir-biriga ko‘rsatiladigan mehr va e’tiborda ko‘rishini qo‘shimcha qildi.

U, shuningdek, omma orasida “Yulduzning qizi” sifatida tanilishi borasida onasining nasihatlarini ham eslab o‘tdi: “Oyim aytadi: Agar mening obro‘yim bilan kibrlansang, joyingni ko‘rsataman”, deb aytgan gaplarini eslatdi. Xonanda onasining o‘gitlariga hamisha amal qilishga harakat qilishini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026