ENRU

Feruza Jumaniyazova: "Onamning quchog‘iga qaytishni istardim"

Madaniyat
18
Feruza Jumaniyazova:
Xonanda Feruza Jumaniyazova yaqinda “IntervyuTV” kanali bilan bo‘lgan suhbatida o‘zining samimiy va ta’sirli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Undan: “Agar vaqtni orqaga qaytarish imkoni bo‘lsa, qaysi davrga qaytgan bo‘lardingiz va nimalarni o‘zgartirgan bo‘lardingiz?” deb so‘rashdi. Feruza ushbu savolga biroz mayus ohangda javob berdi: “Men onamning quchog‘iga qaytishni istar edim.

Onamni juda sog‘indim. Agar o‘sha kichik bir xonali uyimizda yashash imkoniyati bo‘lsa, ota-onamning yonida bo‘lishga rozi edim.

Hatto Feruza Jumaniyazova bo‘lmasam ham, qotgan non yesam ham, faqat ular bilan birga bo‘lishni orzu qilardim. Qaniydi, shunday imkoniyat bo‘lsa...” Bu so‘zlarni aytar ekan, xonanda ko‘zlariga yosh oldi.

Uning bu samimiy so‘zlari ko‘plab tinglovchilarni chuqur o‘yga soldi. Xonandaning javobi ota-onaning qadriga yetishga, ularni asrab-avaylashga undaydi.

Ota-onasidan ayrilganlar esa bu so‘zlarni eshitib, ularning xotiralarini yana bir bor yodga olishdi. Shu sababdan xulosa qilish mumkinki, ota-onaning hayotda yonimizda bo‘lishi va ularning mehrini his qilish — inson uchun eng katta baxtdir.

Bu ne’matning qadriga yetish esa barchamiz uchun muhimdir.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026