ENRU

Jahongir Otajonov: Oila qurishda mas’uliyat muhim!

Madaniyat
51
Jahongir Otajonov: Oila qurishda mas’uliyat muhim!
Jahongir Otajonov oilani asrash va nikoh mas’uliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xonanda yoshlarga oilaviy hayotga kirishishda mas’uliyatni unutmaslik kerakligini uqtirdi. Unga “bitta nikohdan o‘tsin” mavzusida maslahat so‘ralganda, erkak kishi zimmasiga tushadigan javobgarlikni alohida ta’kidlab o‘tdi.

Uning fikricha, oila qurishda faqat his-tuyg‘ular bilan emas, balki oqibat va mas’uliyatni hisobga olib qaror qabul qilish lozim. Jahongir Otajonov bu masalada diniy va ma’naviy tamoyillarga ham urg‘u berdi.

U yoshlarga murojaat qilib, erkak kishi o‘z zimmasidagi majburiyatni anglab, oilaviy mas’uliyatni his qilishi zarurligini ta’kidladi. “Biz musulmonmiz, Yaratganning oldida javob beramiz.

Hayotiy qarorlarni shoshilmasdan, puxta o‘ylab qabul qilish kerak”, dedi u. Shuningdek, o‘z hayotidagi tajribadan misol keltirib, ko‘p uylanish oqibatlaridan ogohlantirdi.

“Mening o‘rnimga tushib, farzandlaringiz oldida qanday javob berishingizni o‘ylab ko‘ring”, deya yoshlarni mas’uliyatli bo‘lishga undadi. Xonandaga “Nega ko‘p uylangansiz?” degan savol berilganda, u muammolarni bir tomonlama yoritib bo‘lmasligini aytdi.

“Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Ammo erkak kishi har doim javobgar bo‘ladi.

Shu sababli aybning bir qismi bizga ham tegishli”, dedi u va mas’uliyatdan qochmasligini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026