Bugun
Forbes: Ronaldu sport tarixida 2 milliard dollar daromad to‘plagan birinchi futbolchi bo‘ldi
+12°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Xonzoda Kambarova turmush qurishini e’lon qildi

Madaniyat
71
Xonzoda Kambarova turmush qurishini e’lon qildi
Aktrisa Xonzoda Kambarova yaqinda turmush qurishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U “Nima ovqat” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mehmon bo‘lib, tomoshabinlarga bu xushxabarni yetkazdi. Ko‘rsatuv davomida boshlovchi aktrisaga: “Hozir o‘zingizni baxtli his qilyapsizmi?

Agar 100 foizdan baholasa, necha foiz baxtlisiz?” — degan savolni berdi. Xonzoda esa bu savolga samimiy javob qaytarib: “Ha, albatta, baxtliman.

100 foiz emas, 1000 foiz baxtliman. Nega baxtli bo‘lmay?!

Yeganim oldimda, yemaganim orqamda. Farzandlarim yonimda, sog‘-salomat.

Eng muhimi, yaqin kunlarda turmushga chiqaman”, — dedi. Boshlovchi ushbu javobdan so‘ng qiziqib: “Rostdanmi?

Yigitingiz bormi? Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz haqida bir oz ma’lumot bersangiz,” — deya so‘radi.

Xonzoda bu savolga ham ochiqchasiga javob berdi: “Ha, rost. Sovchilar kelgan, hammasi bo‘lgan.

Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im internetni ham, san’atni ham yoqtirmaydi. Hatto aktrisaligimga ham qarshi.

Hammasidan voz kechsangiz ham roziman, deyapti,” — dedi. Aktrisaning ushbu xushxabari tomoshabinlarni xursand qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muxlislar unga baxt va omad tilab, iliq fikrlar qoldirishdi.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026