ENRU

Ronaldu sog‘liq va farovonlik sohasiga sarmoya kiritdi

Madaniyat
16
Ronaldu sog‘liq va farovonlik sohasiga sarmoya kiritdi
Dunyo futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu nafaqat sportda, balki biznes sohasida ham faoliyatini kengaytirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hozirda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasida yuqori maosh bilan faoliyat yuritayotgan 41 yoshli portugaliyalik futbolchi yangi biznes loyiha boshladi. Ronaldu 7,5 million dollar miqdorida investitsiya kiritib, zamonaviy raqamli va shaxsiylashtirilgan sog‘liq hamda farovonlik tizimi – Pro2col Software faoliyatida qatnashmoqda.

Rasman ma’lum qilinishicha, u Herbalife kompaniyasiga tegishli HBL Pro2col Software sho‘ba korxonasining 10 foizlik ulushini sotib olgan. Pro2col tizimi Herbalife distribyutorlariga mijozlar bilan samarali ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur vositalar va tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi.

Bu tizim orqali shaxsiylashtirilgan ovqatlanish va sog‘lom turmush xizmatlarini yanada kengroq auditoriyaga yetkazish maqsad qilingan. Ronaldu Herbalife kompaniyasi bilan 2013 yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda.

Ushbu yangi investitsiya uning sog‘liq va farovonlik sohasidagi faoliyatini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026