Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Yulduz Usmonova haqiqiy san’at va ijod haqida gapirdi

Madaniyat
56
Yulduz Usmonova haqiqiy san’at va ijod haqida gapirdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda u san’at va ijod olamidagi ayrim holatlarga o‘z munosabatini bildirdi. Xonandaning ta’kidlashicha, uning atrofida bo‘lgan ba’zi shaxslar qisqa vaqt ichida mashhur bo‘lib, “yulduz” maqomini olishga erishgan.

Yulduz Usmonova haqiqiy san’atkor qanday bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritib, kamtarlik va oddiylik san’atning asosiy tamoyillaridan biri ekanini qayd etdi. U o‘z faoliyatini doimo mehnat va bilimga asoslangan holda olib borayotganini ta’kidladi.

“Ollohga shukr, men haligacha o‘z mehnatim va bilimim bilan harakat qilaman”, dedi xonanda. Shuningdek, Usmonova ayrim ijodkorlarning o‘zlarini shoir yoki san’at namoyondasi sifatida ko‘rsatishga intilayotganini tanqid qildi.

U 40 yillik ijodi davomida ko‘plab qo‘shiqlarining matni va kuyini o‘zi yozganini aytib o‘tdi. Xonanda o‘z ijodida taniqli shoirlar — Mahmud Toir, Muhammad Yusuf va Ohunjon Hakimov asarlaridan ilhomlanganini ham ma’lum qildi.

Shu bilan birga, u kitob o‘qishga katta ahamiyat berishini alohida ta’kidladi. Videomurojaatda Usmonova zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanayotgan ijodkorlar haqida ham gapirdi.

Uning fikricha, haqiqiy ijod qalb va bilimdan kelib chiqishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026