ENRU

Yulduz Turdiyeva: Farzandlarim san’atni tanlashini istamayman

Madaniyat
26
Yulduz Turdiyeva: Farzandlarim san’atni tanlashini istamayman
Xonanda Yulduz Turdiyeva o‘z farzandlarining kelajakda san’at yo‘lini tanlashini unchalik istamasligini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, katta o‘g‘li yaqinda 17 yoshga to‘lgan va vaqti-vaqti bilan gitara chalishni o‘rganmoqda. Xonanda o‘g‘li bilan bo‘lgan suhbatini eslab, quyidagi voqeani hikoya qildi: — "Mehroj, san’atga qiziqishing bormi?" — deb so‘radim.

O‘g‘lim esa: "Oyi, bir bastakor yangi qo‘shiq chiqargan ekan, o‘sha qo‘shiqni men aytsam bo‘ladimi? Juda yoqdi", — dedi.

Shunda men: "Xo‘p, avval menga aytib ber-chi", — dedim. Ammo u: "Yo‘q, oyi, sizdan uyalaman", — deb javob berdi.

Yulduz Turdiyeva shuningdek, farzandlari tanlagan yo‘llariga qat’iy taqiq qo‘ymasligini ham ta’kidladi. Ularning haqiqatan ham san’atga iste’dodi bo‘lsa va bu borada o‘zlarini ko‘rsata olsalar, qarshilik qilmasligini aytdi.

— Agar farzandlarim chindan ham iqtidorli bo‘lsa, ularni bu yo‘ldan to‘xtatmayman. Chunki san’at insonning ichki ehtiyoji, uni majburan tark etishning iloji yo‘q.

Aks holda inson ruhiy jihatdan qiynalishi mumkin, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
MadaniyatKecha, 21:46
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026