Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Burak O‘zchivit 20 yildan beri sochini o‘zi qirqadi

Madaniyat
36
Burak O‘zchivit 20 yildan beri sochini o‘zi qirqadi
Turkiyaning eng taniqli va boy aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit yaqinda bergan intervyusida o‘zining shaxsiy hayotiga doir qiziqarli ma’lumotni oshkor qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktyorning ta’kidlashicha, u 20 yildan beri sochini o‘zi tartibga soladi va o‘zi kaltalatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim filmlar uchun sochini ataylab o‘stirgan va suratga olish ishlari tugagach, mashinka yordamida o‘zi qirqib tashlagan.

Ushbu ma’lumot ko‘plab muxlislarni hayratga soldi. Intervyu davomida boshlovchi ham bu holatdan ajablanganini yashira olmadi.

U Burak O‘zchivitning tashqi ko‘rinishi har doim mukammal ekanini ta’kidlab, mashhurlar orasida shaxsiy stilist va sartarosh xizmatlaridan foydalanish odatiy hol ekanini eslatib o‘tdi. Biroq Burak O‘zchivit buni oddiy odat sifatida qabul qilishini va tashqi ko‘rinishi ustidan to‘liq o‘zi nazorat o‘rnatishni afzal ko‘rishini aytdi.

Aktyorning ushbu odati uning kamtar va mustaqil shaxs ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026