ENRU

Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan mehrini so‘zladi

Madaniyat
21
Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan mehrini so‘zladi
Xonanda Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan mehr-muhabbati va oilaviy munosabatlari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘z so‘zlarida erining qo‘llab-quvvatlashi va mehribonligi uning hayoti va ijodida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. “Bugungi kunga yetib kelishimda ota-onam, yaqinlarim va turmush o‘rtog‘imning hissasi beqiyos.

Ulug‘bek meni har doim qo‘llab-quvvatlaydi, avaylaydi. Agar u bo‘lmaganda, ijodim ham bu darajada bo‘lmasdi.

Shuning uchun erimga bo‘lgan muhabbatim boshqacha”, — dedi xonanda. Suhbat davomida Yulduz Turdiyevadan oilaviy hayotidagi muammolar va janjallar haqida so‘raldi.

Xonanda bu haqda quyidagicha javob berdi: “Albatta, ba’zida janjallar bo‘lib turadi. Rashk ham, tushunmovchiliklar ham hayotning bir qismi.

Lekin bir tomon jim bo‘lsa, hayot chiroyli bo‘ladi”. Shuningdek, xonandaga “Janjaldan keyin kim birinchi bo‘lib uzr so‘raydi?” degan savol ham berildi.

U bu savolga shunday javob berdi: “Ko‘pincha ayb menda bo‘ladi. Ulug‘bek hech qachon birinchi bo‘lib uzr so‘ramaydi.

Kutaman, lekin sabrim chidamay, oxir-oqibat o‘zim uzr so‘rayman. Ayol kishi jim bo‘lsa, hayot yanada go‘zal bo‘ladi”.

O‘xshash yangiliklar

Yangi Toshkentda mustaqillik bayramida Sara Braytman konsert berdi
Yangi Toshkentda mustaqillik bayramida Sara Braytman konsert berdi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 28 avgust kuni Yangi Toshkentda katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir respublikaning muhim tarixiy
MadaniyatKecha, 23:32
Olmazor bekati va avtovokzalni bog'lovchi yo'lak tubdan yangilandi
Olmazor bekati va avtovokzalni bog'lovchi yo'lak tubdan yangilandi
Toshkent shahrining infratuzilmasini yaxshilash va poytaxt qiyofasini zamonaviylashtirish maqsadida poytaxt metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi Olmazor bekati hamda Toshkent markaziy
Madaniyat23:32, 28-08-2026
Yulduz Turdiyeva O'zbekiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi
Yulduz Turdiyeva O'zbekiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq, mamlakatimiz madaniyati va san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati hamda
Madaniyat23:40, 27-08-2026
Nasiba Abdullayeva Tojikistonda jajji muxlisasi bilan birga qo'shiq kuyladi
Nasiba Abdullayeva Tojikistonda jajji muxlisasi bilan birga qo'shiq kuyladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti, milliy estrada san’atining yorqin namoyandasi Nasiba Abdullayeva Tojikistonga safari davomida o‘zining jajji muxlisasi bilan uchrashib, ko‘pchilikning mehrini
Madaniyat23:34, 27-08-2026
Mashhur britaniyalik aktyor Tim Karri 80 yoshida vafot etdi
Mashhur britaniyalik aktyor Tim Karri 80 yoshida vafot etdi
Mashhur britaniyalik aktyor, "Uyda yolg‘iz 2" filmidagi Plaza mehmonxonasi xodimi janob Hektor obrazi bilan dunyoga tanilgan Tim Karri 80 yoshida vafot etdi. San’atkor
Madaniyat23:32, 27-08-2026
Toshkentda mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan bayram sayillari o'tkaziladi
Toshkentda mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan bayram sayillari o'tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida keng ko‘lamli bayram sayillari va tantanali madaniy tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda One.uz xabar
Madaniyat23:31, 27-08-2026