Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Sitora Abdurahmonova turmushi va mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Madaniyat
43
Sitora Abdurahmonova turmushi va mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Aktrisa Sitora Abdurahmonova yaqinda “Yashintv” ko‘rsatuvida bergan intervyusida o‘z hayoti haqida ochiq-oydin gapirdi va turli mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida boshlovchi unga: “Siz turmushdan ajraganingiz va farzandingiz borligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan. Bu qanchalik haqiqat?” degan savolni berdi.

Sitora bu savolga aniq javob qaytarib, shunday dedi: “Mening farzandim yo‘q. Turmushga chiqqanim rost, lekin oilaviy hayotim muvaffaqiyatli kechmadi.

2022 yilda turmush qurganman, ammo oilaviy hayotimiz atigi uch oy davom etdi. Bir-birimizga mos kelmaganmiz, dunyoqarashlarimiz ham farq qilgan.

Rostini aytsam, o‘sha paytda ota-onamga bu inson bilan kelajagimni tasavvur qila olmasligimni aytganman. Lekin yoshim 23da bo‘lgani uchun turmush qurishim kerakligi haqida bosim bo‘lgan.

Shundan keyin rozi bo‘lganman.” Shuningdek, aktrisa turmush qurish jarayoni sovchilik orqali bo‘lganini ham tasdiqladi. Sitora: “Ha, sovchilik orqali bo‘lgan.

Keyinchalik oila qurishga rozi bo‘lganman,” deya qo‘shimcha qildi. Aktrisa Sitora Abdurahmonova ko‘plab tomoshabinlar tomonidan mashhur turk aktrisasi Neslihan Atagulga o‘xshatiladi.

U ayniqsa, “Rangsiz gullar” serialidagi Shabnam obrazi orqali keng tanilgan va xalq orasida mashhurlikka erishgan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026