ENRU

Jim Kerri faxriy "Sezar" mukofoti bilan taqdirlandi

Madaniyat
58
Jim Kerri faxriy
Amerikalik taniqli aktyor Jim Kerri Fransiyaning milliy kino mukofoti — faxriy "Sezar" bilan taqdirlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mukofotni unga "Spotless Mind" filmida birga ishlagan rejissyor Mishel Gondri topshirdi. Jim Kerrining aytishicha, uning ajdodlari Fransiyadan Kanadaga ko‘chib o‘tgan.

U minnatdorlik nutqini fransuzcha talaffuzda aytib, bobosining katta bobosi Mark-Fransua Kerrining Fransiyaning Sen-Malo portidan Kanadaga ko‘chib o‘tganini eslatib o‘tdi. Keyinchalik esa ularning oilasi Los-Anjelesga yo‘l olgan.

Nutqi davomida Jim Kerri otasi Persi Jozef Kerriga alohida minnatdorlik bildirdi. "Otam menga muhabbat, saxovat va kulgini qadrlashni o‘rgatdi.

Agar omad sizga kulib boqishini istasangiz, avval o‘zingiz unga kuling. Bu oson emas, lekin bunga harakat qilish kerak.

Bu lahzani umrbod eslab qolaman. Hayotimni jannat deb bilaman", dedi aktyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faxriy "Sezar" mukofoti avval ham dunyoning ko‘zga ko‘ringan kino san’ati vakillariga, jumladan, Juliya Roberts, Kristofer Nolan, Devid Fincher, Keyt Blanshett, Robert Redford, Penelopa Krus va Jorj Kluniga topshirilgan. Jim Kerri ham bu ro‘yxatga qo‘shildi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026