Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Sitora Abdurahmonova: Turmushim O‘xshamadi, Qizim Yo‘q

Madaniyat
29
Sitora Abdurahmonova: Turmushim O‘xshamadi, Qizim Yo‘q
Aktrisa Sitora Abdurahmonova yaqinda "Yashintv" ko‘rsatuvida bergan suhbatida turmushga chiqib ajralgani va farzandi borligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Boshlovchi undan: "Siz turmushdan ajraganingiz va qizingiz borligi haqida yozishmoqda. Bu gaplar qanchalik rost?" deb so‘radi.

Sitora bu savolga ochiq javob berib, dedi: "Qizim yo‘q. Turmushga chiqqanim rost, lekin oilaviy hayotim o‘xshamadi.

2022 yilda turmush qurganman va uch oy birga yashaganmiz. Bir-birimizga mos kelmadik, dunyoqarashimiz ham to‘g‘ri kelmadi.

Boshida ota-onamga ham bu mening odamim emasligini, bu inson bilan kelajagimni tasavvur qila olmasligimni aytganman. Ammo yoshim 23 da edi, turmush qurishing kerak, degan gaplar bo‘lgan", dedi aktrisa.

Suhbat davomida boshlovchi yana bir bor aniqlik kiritib, turmush qurish jarayoni sovchilik orqali bo‘lgan-bo‘lmaganini so‘radi. Sitora esa: "Ha, keyinchalik rozi bo‘lganman.

Hammasi sovchilik orqali bo‘lgan", deya qo‘shimcha qildi. Hozirda ko‘plab tomoshabinlar aktrisani turk aktrisasi Neslihan Atagulga o‘xshatishadi.

Sitora "Rangsiz gullar" serialida Shabnam obrazi orqali keng tanilgan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026