ENRU

Ulug‘bek Yo‘lchiyev va Jasur Umirov dueti premyerasiz qoldi

Madaniyat
29
Ulug'bek Yo'lchiyev va Jasur Umirov dueti premyerasiz qoldi
"Omon-omon" dasturining navbatdagi sonida mashhur qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Ulug‘bek Yo‘lchiyev mehmon bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida undan ilgari kuylangan, lekin premyera qilinmagan duet haqida so‘raldi. Ma’lum bo‘lishicha, Ulug‘bek Yo‘lchiyev Jasur Umirovning konsertida u bilan duet ijro etgan ekan.

Qo‘shiq yozib olingan bo‘lsa-da, yakunda premyera qilinmagan va ayrim lavhalar kesib tashlangan. Xonandaning aytishicha, bu vaziyat kichik tushunmovchilik sababli yuzaga kelgan.

"To‘g‘ri, ochiqchasiga ayta qolamiz. Jasur Umirovning konsertida duet kuylaganmiz, ovozlar ham yozilgan.

Shunda Jasur Umirov mening rasmimni so‘ragan, yoqsa chiqaramiz degan. Men hazil tariqasida senga yoqmay qo‘ya qolsin rasmim, deganman.

Bo‘ldi, shundan keyin gaplashmaganmiz ham", deya izoh berdi Ulug‘bek Yo‘lchiyev. San’atkorning ushbu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Muxlislar esa ikki xonandaning hamkorligi baribir bir kun kelib rasman taqdim etilishiga umid bildirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
MadaniyatKecha, 21:46
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026