ENRU

Ra’no Yarasheva: "Teatrdan Uzoqlasha Olmayman"

Madaniyat
61
Ra'no Yarasheva: "Teatrdan Uzoqlasha Olmayman"
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva Navo telekanaliga bergan intervyusida butun umrini va kuch-g‘ayratini farzandlariga bag‘ishlaganini, ammo sahnadan, teatrdan uzoq tura olmasligini ochiq-oydin aytdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, farzandlari onasining mehnatini yaxshi tushunadi va doim e’tirof etishadi. "Farzandlarim meni onajonim, bebahoim deb atashadi.

Ular mening umrimni, kuchimni va quvvatimni ular uchun sarflaganimni yaxshi bilishadi. Siz biz uchun juda ko‘p mehnat qildingiz, onajon.

Bizni o‘qitdingiz, turmushga berdingiz. Hayotimiz chiroyli.

Endi ishlamang, hech narsa qilmang, dam olib yashang deyishadi. Lekin men ularga: Qanday qilib?

Men teatrdan ketolamanmi? — deb javob beraman", — deydi aktrisa.

Ra’no Yarasheva ta’kidlashicha, sahna va tomoshabin bilan uchrashuv uning hayotida alohida o‘rin tutadi. "Agar xalqim bilan uchrashib turmasam, quvvat ololmayman.

Biz, ijodkorlar, faqat xalqning duosi, qarsaklari va samimiy olqishlaridan kuch olamiz. Ana shu muhabbat bizga yana ijod qilishga ruh va ilhom bag‘ishlaydi", — dedi u.

Aktrisaning fikricha, farzand tarbiyasidagi mas’uliyat va sahnaga bo‘lgan sadoqat uning hayotida bir-birini to‘ldirib kelayotgan eng muhim qadriyatlar hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026