Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Tohir Sodiqov: "Kuyov tanlashda ichki dunyo muhim"

Madaniyat
42
Tohir Sodiqov: "Kuyov tanlashda ichki dunyo muhim"
O‘zbekiston san’atida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan xonanda Tohir Sodiqov ikki qizini turmushga uzatgan ota sifatida kuyov tanlash masalasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U intervyularidan birida farzand tarbiyasi va oilaviy qadriyatlar haqida ochiq va samimiy fikrlarini bildirdi. Tohir Sodiqovning aytishicha, u qizlarini mustaqil fikrlaydigan, hayotda o‘z yo‘lini topa oladigan shaxs sifatida tarbiyalagan.

"Men qizlarimni shunday tarbiya berdimki, ular o‘zlari mustaqil qarorlar qabul qiladigan, o‘z yo‘lini topa oladigan shaxs bo‘lib yetishdi. Ular o‘z sevgilari bilan turmush qurishdi", deydi u.

Uning fikricha, kuyov tanlashda tashqi omillardan ko‘ra insonning ichki dunyosi muhimroqdir. Tohir Sodiqovning ta’kidlashicha, eng avvalo yigitning odamiyligi va xarakteriga e’tibor qaratish lozim.

Xonanda kuyov tanlashda "kerak" yoki "kerak emas" degan tushunchalardan ko‘ra, insoniy fazilatlar ustuvor bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Uningcha, mustahkam oila o‘zaro hurmat va sog‘lom xarakter asosida quriladi.

Bu oilaning baxtli va barqaror bo‘lishiga zamin yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026