Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Yulduz Usmonova ijodkorlarning kamtarlikni unutayotganini tanqid qildi

Madaniyat
13
Yulduz Usmonova ijodkorlarning kamtarlikni unutayotganini tanqid qildi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videomurojaatida san’at va ijod olamidagi ba’zi holatlarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xonanda o‘z atrofida yurgan ayrim shaxslarning qisqa vaqt ichida mashhur bo‘lib ketayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, haqiqiy san’atkor har doim kamtar bo‘lishi va yerda mustahkam turishi kerak.

“Shukrki, men hanuzgacha o‘z mehnatim va bilimim bilan faoliyat yuritib kelmoqdaman”, dedi u. Yulduz Usmonova ayrim ijodkorlarning o‘zlarini tezda shoir yoki san’at namoyondasi sifatida ko‘rsatayotganini tanqid qildi.

U o‘zining 40 yillik ijodi davomida ko‘plab qo‘shiqlarining matni va kuyini o‘zi yaratganini aytib o‘tdi. Xonanda Mahmud Toir, Muhammad Yusuf va Ohunjon Hakimov kabi mashhur shoirlarning ijodidan foydalanib kelganini ham ta’kidladi.

Shuningdek, u kitob o‘qishga alohida e’tibor berishini aytdi. Videomurojaatda Usmonova ba’zi zamonaviy ijodkorlarning sun’iy intellekt vositalaridan foydalanayotganini ham tilga oldi va haqiqiy ijodning qalb va bilimdan yaratilishini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026