Bugun
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Ozoda Nursaidova Filmda Kichik Rolga Rozilik Bildirdi

Madaniyat
16
Ozoda Nursaidova Filmda Kichik Rolga Rozilik Bildirdi
Xonanda Ozoda Nursaidovaning 2002 yilda kuylangan "Bemor qiz nolasi" va 2006 yilda ijro etilgan "Kechagimas 2" qo‘shiqlari asosida film uchun ssenariy yozilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlab, filmning bosh roliga Ozoda Nursaidovaning o‘zi taklif etilgan edi. Biroq, xonanda kinoda rol o‘ynamasligini, har kim o‘z sohasida ishlagani ma’qul ekanligini ma’lum qilgan.

U bergan intervyularidan birida "Nega kinoda rol o‘ynamaysiz?" degan savolga, inson o‘z kasbini sidqidildan bajargani to‘g‘riroq bo‘lishini aytgan. Shuningdek, Ozoda Nursaidova bir vaqtlar ko‘plab filmlarga bosh rol uchun takliflar bo‘lganini, ammo ularning barchasini rad etganini ham bildirgan.

Lekin, mazkur film ssenariysi juda ta’sirli bo‘lganligi sababli, xonanda bu safar istisno tariqasida kichik epizodda ishtirok etishga rozi bo‘lgan. U bunga bir yildan so‘ng qanday qilib rozilik berganini ham ochiqladi.

Rejissyor unga: "Bu filmga tushmasangiz bo‘lmaydi. Chunki film ssenariysi aynan shu qo‘shiqdan kelib chiqqan.

Bizga voqealar rivoji va syujet g‘oyasi qo‘shiqdagi mazmun turtki bo‘ldi. Shundan keyin ssenariy yozdim.

Shuning uchun iltimos, hech bo‘lmaganda kichkina rol o‘ynab bering", deb tushuntirgan. Ozoda Nursaidova buni tushunib, rozi bo‘lganini va film unga juda yoqqanini, hatto ko‘rib yig‘laganini izoh berdi.

O‘xshash yangiliklar

«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
MadaniyatKecha, 22:58
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
MadaniyatKecha, 16:32
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026