ENRU

Krishtianu Ronaldu sog‘liq texnologiyasiga 7,5 mln dollar sarmoya kiritdi

Madaniyat
31
Krishtianu Ronaldu sog'liq texnologiyasiga 7,5 mln dollar sarmoya kiritdi
Dunyo futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu, Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasida yuqori maosh bilan o‘ynayotgan bo‘lsa-da, yana bir yangi biznes loyihasiga qadam qo‘ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi 7,5 million dollarlik investitsiya kiritib, zamonaviy avlod uchun raqamli va shaxsiylashtirilgan sog‘liq hamda farovonlik tizimi Pro2col Software faoliyatida ishtirok etmoqda. Rasmiy xabarga ko‘ra, Ronaldu Herbalife kompaniyasiga tegishli HBL Pro2col Software sho‘ba korxonasi aksiyalarining 10 foizini sotib oldi.

Pro2col tizimi Herbalife distribyutorlariga mijozlar bilan samarali ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun vositalar hamda tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi. Bu esa shaxsiylashtirilgan ovqatlanish va sog‘lomlashtirish xizmatlarini kengroq auditoriyaga yetkazish imkonini yaratadi.

Qayd etilishicha, Ronaldu 2013 yildan beri Herbalife bilan hamkorlik qilib kelmoqda va bu yangi investitsiya uning sog‘liq va farovonlik sohasidagi faolligini yanada mustahkamlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026