ENRU

Xonzoda Do‘stova ona bo‘lishdan keyingi o‘zgarishlarni so‘zladi

Madaniyat
13
Xonzoda Do'stova ona bo'lishdan keyingi o'zgarishlarni so'zladi
Xonanda Xonzoda Do‘stova Navo telekanalining "Navo mehmonda" dasturida ona bo‘lganidan keyin hayotida yuz bergan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning aytishicha, ona bo‘lishidan oldin u qaysar, tez jahli chiqadigan va qizishib ketadigan inson bo‘lgan. Turmush qurgach, haqiqiy sinovlar va mas’uliyat boshlanishini tushungan.

Farzandli bo‘lgach esa, o‘ziga savol bera boshlagan: farzandiga yetarli mehr bera olyaptimi? Yetarli vaqt ajrata olyaptimi?

O‘g‘li dunyoga kelganidan keyin, u qisman bo‘lsa ham, ijobiy tomonga o‘zgarganini aytadi. Hozir ancha xotirjam va og‘ir-bosiqroq bo‘lganini ta’kidlaydi.

Chunki u agressiv muhitda ulg‘aygan bola ko‘pincha qo‘rqoq bo‘lishini tushungan. Farzandi bilan yaqin do‘stdek bo‘lishni istaydi.

Hatto jahli chiqib, qizishib turgan paytlarida ham farzandi oldida o‘zini bosishga, og‘irroq bo‘lishga harakat qilishini aytadi, xo‘jayni oldida ham xuddi shunday harakat qilishini qo‘shimcha qildi. Uning bu samimiy so‘zlari ona bo‘lishning shaxsiyatga qanday ijobiy ta’sir qilishi haqida o‘quvchilarni o‘ylashga undaydi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026