Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Jenisbek Piyazovdan yangi romantik qo‘shiq va videoklip taqdimoti

Madaniyat
33
Jenisbek Piyazovdan yangi romantik qo'shiq va videoklip taqdimoti
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, opera xonandasi Jenisbek Piyazov o‘zining yangi "Yonimda bo‘lgin" nomli qo‘shig‘ini va unga ishlangan videoklipni muxlislariga namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu asar sokin va romantik kayfiyatda ijro etilgan bo‘lib, oila, sadoqat va muhabbat kabi muhim qadriyatlarni madh etadi. Qo‘shiq orkestr hamrohligida ijro etiladi.

Kompozitsiyada bastakor Shuxrat Zokirovning pianino ijrosi ham bor. Ushbu asarda opera unsurlari va zamonaviy estrada uslubi uyg‘unlashib, xonandaning akademik ovoz imkoniyatlarini yanada yorqinroq ko‘rsatadi.

Videoklip retro uslubda boshlanadi. Unda bir oilaning shakllanishi, hayot sinovlaridan o‘tib, baxtli lahzalar sari intilishi aks ettirilgan.

Klipda yosh aktyorlar Aysenem Yusupova va Muhammad Ali Aliyev o‘z rollarini ijro etishgan. Ushbu asar orqali tomoshabinlar insoniy qadriyatlar va his-tuyg‘ularni chuqurroq his qilishlari mumkin.

Qo‘shiq va klip birgalikda tinglovchilar va tomoshabinlarga yuksak estetik zavq bag‘ishlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026