Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Munisa Rizayevaning uyi ustiga dron qulagan

Madaniyat
26
Munisa Rizayevaning uyi ustiga dron qulagan
Xonanda Munisa Rizayeva uzoq tanaffusdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lib, boshidan kechirgan qo‘rqinchli voqea haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, ular yashayotgan uyga dron qulagan. Munisa avvalo muxlislariga minnatdorlik bildirib, "Qanday qilib tirik qolganimizni bilmayman.

Sizlarning g‘amxo‘rligingizni his qilish men uchun juda muhim. Hammaga katta rahmat," deya izhor etdi.

Xonanda o‘sha kuni yuz bergan voqeani ham eslab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular uyda zalda o‘tirgan paytda u biror narsani sezgandek oyna tomon qaragan.

Shu vaqtda deraza oldida o‘g‘li enagasi bilan o‘tirgan va kutilmaganda dron bino tomon qulagan. Muxlislarini tashvishga solgan ushbu hodisadan so‘ng, Munisa Rizayeva Toshkentga uchib kelganini ham ma’lum qildi.

Xonanda hozirda o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026