ENRU

Rayhon tanqidlar va mish-mishlardan xafa bo‘lmoqda

Madaniyat
66
Rayhon tanqidlar va mish-mishlardan xafa bo'lmoqda
O‘zbekiston estrada yulduzi Rayhon o‘zining shaxsiy hayoti va ijodi atrofida tarqalgan turli mish-mishlar hamda tanqidlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xonanda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi haqida tarqaladigan noo‘rin gaplar, ayniqsa, qizini yerto‘lada saqlashi haqidagi hech qanday asosi bo‘lmagan iddaolar uni qanchalik xafa qilishini yashirmadi. Bu haqda daryo.uz xabar berdi.

Rayhonning aytishicha, u tanqidiy fikrlarni juda og‘ir qabul qiladi. Hatto yuzlab ijobiy izohlar orasida birgina salbiy fikrni ko‘rsa ham, uzoq vaqt tushkunlikka tushib qoladi.

Xonanda o‘z faoliyati davomida duch kelgan ayrim noxush vaziyatlarni eslab, matbuotda uning konsert chiptalari sotilmayotgani va ijodiy inqirozga uchragani haqida yozilgan maqolalar uni qattiq xafa qilganini aytdi. Bunday asossiz xabarlar tufayli u ayrim nashrlarni kuzatishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

San’atkor o‘zining birinchi turmushi va DJ Piligrim bilan bog‘liq bo‘lgan shov-shuvli mojarolar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, omma oldida yashash va doimiy kuzatuv ostida bo‘lish oson emas, ayniqsa, shaxsiy hayotga oid yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Rayhon o‘z muxlislarini har qanday xabarga ko‘r-ko‘rona ishonmaslikka va san’atkorlarning shaxsiy chegaralarini hurmat qilishga chaqirdi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026