Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Burak O‘zchivit Rossiyada monospetakl namoyish etdi

Madaniyat
36
Burak O‘zchivit Rossiyada monospetakl namoyish etdi
Turk kinolari va seriallari muxlislari orasida mashhur Burak O‘zchivit yana Rossiyaga tashrif buyurdi va bu safar ham uning kelishi katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2 mart kuni taniqli aktyor "Istanbulning eng go‘zal qizi" nomli monospetaklini namoyish etdi. Ertasi kuni esa u ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashib, turli savollarga javob berdi.

Matbuot anjumanida eng ko‘p e’tiborni tortgan savol Burakning o‘zi qaysi turk seriallarini sevib tomosha qilishi haqidagi savol bo‘ldi. Burakning ta’kidlashicha, turk seriallari bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mashhur.

Rossiyada esa ularga nisbatan iliq munosabat borligini aytib o‘tdi. Aktyor buni tomoshabinlarning hikoyalar va obrazlarni yaxshi qabul qilishi bilan izohladi.

Unga ko‘ra, turk seriallari voqealari rossiyalik muxlislar qalbiga tez yetib boradi, shu bois bu yerda katta qiziqish uyg‘otadi. Burak O‘zchivit o‘ziga eng yoqqan to‘rtta loyihani sanab o‘tdi: "Muhtasham yuz yil", "Choliqushi", "Sevgi iztirobi" va "Hukmdor Usmon".

Bu ro‘yxat ko‘pchilikning e’tiborini tortdi, chunki bu loyihalar orasida aktyorning o‘zi ishtirok etgan seriallar bor edi. Tanqidchilar orasida "nega ro‘yxatga o‘zi qatnashmagan serial kiritilmadi?", "tanlov xudbinona chiqqan", "kamida bitta begona loyihani aytsa bo‘lardi" degan fikrlar paydo bo‘ldi.

Burakning muxlislari esa bu tanqidlarga javoban, aktyor o‘ziga eng yaqin, mehnat qilgan loyihalarni aytganini ta’kidlashdi. Har bir ijodkor uchun o‘z mehnati singan asar alohida qadrli bo‘lishi tabiiy.

Shu sababli, uning javobini samimiy tanlov sifatida qabul qilish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026