Bugun
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Xorazmlik taniqli xonanda Gulinur o‘ttiz ikki yoshni qarshi oldi

Madaniyat
79
Xorazmlik taniqli xonanda Gulinur o‘ttiz ikki yoshni qarshi oldi
Xorazmlik taniqli xonanda Gulinur 7 aprel kuni o‘zining 32 yoshini qarshi oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Vodiy va Xorazm viloyatlari to‘ylarida eng ko‘p taklif etiladigan san’atkorlardan biri bo‘lgan ijodkor o‘zining sho‘x qo‘shiqlari bilan elga tanilgan. Sahna ortida esa u tabiatan og‘ir-bosiq, hayotga o‘ziga xos qarashlari bilan ajralib turadigan inson sifatida gavdalanadi.

Uning repertuaridan o‘rin olgan Jaylan, Kerak emas, Duydim axir, Yuragimni yaraladi hamda Jo‘ji kara kabi taronalar muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Gulinur 1994 yilning 7 aprelida Xorazm viloyatining Shovot tumanida dunyoga kelgan.

Oila farzandlarining ikkinchisi bo‘lgan xonanda san’at olamiga 2013 yilda kirib kelgan. Ijodiy faoliyatining ilk davrlarida to‘ylarda popuri janridagi qo‘shiqlarni ijro etib, internet tarmog‘i orqali o‘z muxlislarini orttirganini eslaydi.

O‘sha kezlari ijtimoiy tarmoqlar hozirgidek rivojlanmagan bo‘lsa-da, videolar va telefon raqamlari orqali o‘zini keng jamoatchilikka tanitishga muvaffaq bo‘lgan. Xonanda o‘z muvaffaqiyatlarida otasining o‘rnini alohida ta’kidlaydi.

U otasini hayotdagi eng katta tayanchi deb biladi. Otasi unga doimo dalda berib, boshlagan yo‘lidan qaytmaslikni, oxirigacha borishni uqtirgan.

O‘g‘il farzand o‘rnini ham bosadigan qizidan doimo faxrlanib, uni ruhlantirib kelgan. Gulinur bugungi erishgan barcha yutuqlarini avvalo ota-ona duosi bilan bog‘laydi.

San’at olamiga bo‘lgan qarashlarida u ijod va shou-biznes tushunchalarini bir-biridan ajratib ko‘rsatadi. Yulduz Usmonova, Ozoda Nursaidova hamda Ozodbek Nazarbekov ijodini haqiqiy san’at deb baholagan holda, hozirgi yosh ijodkorlarning aksariyatini shou-biznes vakillari deb hisoblaydi.

Gulinur san’atga pul yoki shon-shuhrat ilinjida emas, bolalikdan bo‘lgan orzu va havas bilan kirib kelganini aytadi. U katta sahnalarda chiqish qilish, muxlislar olqishiga sazovor bo‘lish va yakkaxon konsertlar berishni bolaligidan niyat qilgan.

2016 yildan boshlab o‘zining mualliflik qo‘shiqlarini taqdim etgan bo‘lsa, 2018 yilda ilk yirik konsert dasturlarini muxlislariga havola etgan. Tabiatan juda ta’sirchan inson ekanini yashirmaydi.

Ba’zan oddiy va samimiy gaplardan ham ko‘ngli yumshab, ko‘ziga yosh olishi mumkin. Atrofidagilarning holatiga bee’tibor bo‘la olmasligi uning insoniy fazilatlaridan biridir.

Ijodiy rejalari haqida gapirar ekan, hozircha asosan sho‘x taronalar kuylayotgan bo‘lsa-da, kelajakda chuqur ma’noli va falsafiy asarlar yaratish niyati borligini bildiradi. Sahnada o‘ziga xos qat’iyat va qattiqqo‘llik bilan tanilgan.

To‘y xizmatlarida yuzaga keladigan tushunmovchiliklar yoki tartibsizliklarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi, ba’zan esa intizomni saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rishi ham sir emas. Uning fikricha, sahnada har doim intizom va hurmat chegarasi bo‘lishi shart.

Shaxsiy hayotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, xonanda 2020 yilda turmush qurgan. U uy ishlari bilan sahna faoliyatini birdek muvozanatda olib borishga harakat qiladi.

Turmush o‘rtog‘ining talabi va rashki tufayli ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatida ham ma’lum cheklovlar o‘rnatgani ma’lum. Shuningdek, texnika va qimmatbaho avtomobillarga qiziqishi yuqori bo‘lgan xonanda o‘ziga Tahoe va Lexus rusumli mashinalar xarid qilgan, otasiga ham munosib sovg‘a ulashgan.

O‘xshash yangiliklar

«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
MadaniyatKecha, 22:58
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
MadaniyatKecha, 16:32
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026