Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Alfiya kampir obrazi bilan tanilgan Barno Teshaboeva tugilgan kuni

Madaniyat
44
Alfiya kampir obrazi bilan tanilgan Barno Teshaboeva tugilgan kuni
O‘zbekistonning taniqli san’atkorlaridan biri Barno Teshaboeva 14 aprel kuni 55 yoshga to‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U ko‘pchilikka o‘zining shaxsiy qiyofasi bilan emas, balki xalq orasida mashhur bo‘lgan Alfiya kampir obrazi orqali tanilgan. Aktrisa 1971 yilda Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi Olmazor qishlog‘ida dunyoga kelgan.

Sakkiz farzandli oilaning oltinchi farzandi bo‘lgan Barno bolaligidanoq qiziquvchan va tasavvuri boy qiz bo‘lib shakllangan. Uning xarakteriga otasining erta vafoti va onasining tinimsiz mehnati katta ta’sir ko‘rsatgan.

Bolalik yillarida u sahna ko‘rinishlarini tuzishni va tengdoshlari bilan turli ssenariyli o‘yinlar o‘ynashni juda yaxshi ko‘rardi. Uy ishlarini bajarishdan ko‘ra, ijodiy izlanishlar va erkinlik unga ko‘proq zavq bag‘ishlagan.

Yoshligida boshidan kechirgan xavfli voqea, ya’ni anhor suviga cho‘kib ketayozgani uning hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirgan va yashashga bo‘lgan kuchli istagini uyg‘otgan. San’at olamiga kirish yo‘li u uchun oson kechmagan.

Bir filmni tomosha qilgach, aktrisa bo‘lishga qaror qilgan va turli studiyalarga maktublar yozib, o‘z iste’dodini namoyon etishga harakat qilgan. O‘qishga kirish jarayonida uni kamsitganlar va texnikumga ham kira olmasligini aytganlar, biroq u taslim bo‘lmagan.

Uning ijodidagi eng katta muvaffaqiyat Alfiya kampir obrazi bo‘ldi. Ushbu qiyofani u hali talabalik yillarida, 18 yoshida yaratgan.

Keyinchalik mashhur Qalpoq hajviy ko‘rsatuvidagi ishtiroki tufayli bu obraz butun mamlakat miqyosida tanildi. Hatto ko‘p odamlar uni haqiqiy ismi bilan emas, balki Alfiya deb chaqira boshladilar.

Barno Teshaboeva bir necha bor bergan intervyularida ushbu holatdan afsuslanmasligini ta’kidlagan. Uning fikricha, har bir san’atkor chiroyli rollar orqali emas, balki xalq qalbiga yo‘l topgan bitta kuchli personaj orqali ham tarixda qolishi mumkin.

Hozirda aktrisa o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda va uning yaratgan obrazlari ko‘pchilik uchun eslanib qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026