Bugun
Lionel Messi Oltin to‘p topshirish marosimida ishtirok etmaydi
+12°
небольшая облачность ветер 1 м/с, В
ENRU

Shahzod Sultonov hayot yo‘lini tanladi va uylanishga qaror qildi

Madaniyat
48
Shahzod Sultonov hayot yo'lini tanladi va uylanishga qaror qildi
Aktyor va xonanda Shahzod Sultonov oziy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislari bilan qiziqarli videolarni ulashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sanatkorning songi paytlarda joylagan videolarining mazmuni uni hayratga solgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan voqealar atrofida aylanmoqda. Sanatkor o‘zi uylanishni istagan qizni topgani va undan rozilik olgani haqidagi jarayonlarni ketma ketlikda namoyish etdi.

Dastlabki videolardan birining ostida Shahzod Sultonov o‘z his-tuyg‘ularini samimiy tarzda bayon qilgan. U ushbu tanlov shunchaki tasodif emas, balki yuragidan chiqqan qat’iy qaror ekanligini ta’kidlagan.

Sanatkor hayot yo‘li endi aniq bo‘lganini va bu qarorni shoshilmasdan, chuqur his qilgan holda qabul qilganini yozgan. Keyingi videolarda esa qiz bilan aloqalar tiklangani, u uchrashishga rozi bo‘lgani va berilgan sovg‘alarni qabul qilgani aks etgan.

Eng oxirgi lavhadalarda Shahzod guldasta va uzuk bilan qizning huzuriga borib, unga sovg‘alar taqdim etgani hamda onasining telefon raqamini so‘ragani tasvirlangan. Sanatkor ushbu videoning ostida hazilomuz ohangda muxlislardan to‘y haqidagi fikrlarini so‘rab, qizga yoqqanini, ammo onasining roziligi borasida shubhalari borligini yozgan.

Ushbu xabarlar ostida foydalanuvchilarning munosabatlari turlicha bo‘ldi. Ko‘pgina muxlislar sanatkorni tabriklab, unga baxt tilashdi va nihoyat to‘y bo‘lishidan quvonganlarini bildirishdi.

Biroq ayrimlar qizning milliyati va tili haqida savollar berib, uning yuzini ko‘rsatmagani bilan bog‘liq shubhalarni ilgari surishdi. Shuningdek, ba’zi foydalanuvchilar bu voqealar shunchaki hazil yoki reklama maqsadida qilingan sahnalar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Hozirda barcha muxlislar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu voqeaning haqiqatda muhabbatga asoslangan ekanligi yoki navbatdagi kutilmagan syurpriz ekanligi bilan qiziqishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
MadaniyatKecha, 23:55
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
MadaniyatKecha, 23:53
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
MadaniyatKecha, 23:52
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
MadaniyatKecha, 23:52
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
MadaniyatKecha, 23:30
Rossiya reperi Misha Mavashi 41 yoshida vafot etdi
Rossiya reperi Misha Mavashi 41 yoshida vafot etdi
Rossiyalik mashhur reper Misha Mavashi, asl ismi Mixail Nits, 25-oktyabr kechasi 41 yoshida vafot etgan. Bu haqida san'atkorning rasmiy Telegram kanali orqali e'lon
MadaniyatKecha, 13:49