Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Eminem va Shakira Markaziy Osiyo hududiga turne bilan kelishadi

Madaniyat
83
Eminem va Shakira Markaziy Osiyo hududiga turne bilan kelishadi
Dunyo tanigan mashhur amerikalik reper Eminem va kolumbiyalik xonanda Shakira 2026 yilda Markaziy Osiyo hududiga turne bilan tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu san’atkorlar Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Markaziy stadionda katta konsert berishlari mumkin. Hozirgi vaqtda tadbirning aniq sanalari belgilanmagan bo‘lib, tashkiliy va texnik masalalar ustida ish olib borilmoqda.

Ushbu tadbir nafaqat Qozog‘iston, balki butun mintaqa uchun yirik madaniy voqea bo‘lishi kutilmoqda. Biroq konsertlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan stadionda 2026 yilda keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, futbol maydoni va yengil atletika yo‘laklari yangilanishi rejalashtirilgan. Ta’mirlash ishlari konsertlardan oldin yoki keyin bajarilishi hali aniq emas, bu esa tadbirning o‘tkazilish muddatiga ta’sir qilishi mumkin.

Shuni ta’kidlash joizki, avvalgilarida ham ushbu stadionda tashkil etilgan yirik xalqaro tadbirlar turli qiyinchiliklar tufayli tanqidlarga uchragan edi. Asosan infratuzilmaning yetishmasligi va tashkiliy kamchiliklar asosiy muammolar sifatida qayd etilgan.

Shu sababli, Eminem va Shakira kabi jahon yulduzlarining chiqishi uchun stadionning tayyorgarlik darajasi va xavfsizlik choralari yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi. Hozirda muxlislar ushbu xabarni intizorlik bilan kutib, rasmiy tasdiqlanishini kutyaptilar.

Agar rejalar amalga oshsa, bu Markaziy Osiyo musiqiy olamida yangi bosqichning boshlanishidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026