ENRU

Muqaddas Xoliqova ijodiy yo‘li va bolalik yillari haqida

Madaniyat
53
Muqaddas Xoliqova ijodiy yo'li va bolalik yillari haqida
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 14 aprel kuni 66 yoshni qarshi oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U nafaqat sahna san’atining yorqin vakili, balki tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan mohir aktrisa hisoblanadi. San’atkorning hayoti va ijodiy yo‘li ko‘plab qiziqarli voqealar hamda sinovlarga boy.

1960 yil 14 aprelda Toshkent shahrida dunyoga kelgan Muqaddas Xoliqova oilada kenja farzand bo‘lib voyaga yetgan. Bolalik yillarini eslab, u o‘zini juda sho‘x va harakatchan qizaloq bo‘lganini ta’kidlaydi.

Hatto maktabda sodir etgan sho‘xliklari sababli onasi jarima to‘lagan holatlar ham bo‘lgan. Biroq u darslariga jiddiy yondashgan va fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan.

Maktab davrida teatr to‘garagiga qatnashib, san’atga bo‘lgan ishtiyoqi ortib borgan. Bir kuni spektakl tayyorgarligi paytida maktab direktori uni darsdan chiqarib sahnaga yuborgani aktrisa taqdiridagi ilk muhim burilishlardan biri bo‘lgan.

Tengdoshlarining ba’zi masxaralari va aktrisa bo‘lolmaysan degan shubhali gaplar uning irodasini yanada mustahkamlagan. San’atkorning hayotidagi eng og‘ir sinov to‘qqiz yoshida otasidan ayrilgani bo‘lgan.

Onasi beva qolib, ikki farzandni yolg‘iz tarbiyalashga majbur bo‘ladi. Ona shaxsiy baxtidan voz kechib, farzandlarining kelajagini birinchi o‘ringa qo‘ygan.

Bu jasorat va mehr Muqaddas Xoliqova uchun hayotdagi eng ta’sirli xotiralardan biriga aylangan. Maktabni tamomlagach, u san’at institutiga hujjat topshirib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tadi.

Bu g‘alaba uni shubha qilganlarga berilgan eng yaxshi javob edi. Keyinchalik rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevning tavsiyasi bilan teatrga kirgan san’atkor u yerda o‘z iste’dodini to‘liq namoyish etadi.

30 yildan ortiq ijodiy faoliyat davomida Muqaddas Xoliqova yuzga yaqin xarakterli obrazlarni yaratdi. Uning ishtirokidagi spektakllar yuzlab marta sahnalashtirilib, keng omma tomonidan e’tirof etildi.

Shaxsiy hayoti borasida esa u ancha kech turmush qurganini yashirmaydi. Bunga sabab sifatida san’atkorlarga nisbatan jamiyatdagi munosabatni va o‘zini tushunadigan insonni uzoq kutganini ta’kidlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026