ENRU

Javohir Sindorov va Bibisora Assubayeva munosabatlari muhokamaga aylandu

Madaniyat
73
Javohir Sindorov va Bibisora Assubayeva munosabatlari muhokamaga aylandu
Kiprda bo‘lib o‘tayotgan nomzodlar turniri nafaqat sport natijalari, balki ishtirokchilarning shaxsiy munosabatlari bilan ham jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va Qozog‘iston vakili Bibisora Assubayevaning o‘zaro yaqinligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Bibisora tomonidan e’lon qilingan suratlar muxlislar orasida ularning munosabatlari shunchaki do‘stlikdan iboratmi yoki undan yuqorimi degan savollarni keltirib chiqardi.

Ushbu vaziyatga javohir Sindorovning buvisi ham o‘z munosabatini bildirdi. Sportchining yaqini yoshlar bir-birini bolaligidanoq taniyotganini va birga shaxmat o‘ynab ulg‘ayganini ta’kidladi.

Shuningdek, u qizning onasi bilan ham tanish ekanligini aytib o‘tdi. Hozirgi kunda ular faqat do‘st bo‘lishsa-da, kelajakda munosabatlari o‘zgarishi mumkinligini va agar Javohir oila qurishni istasa, oilasi bunga to‘liq rozi ekanligini ma’lum qildi.

Buvisi yoshlarning dunyoqarashi va qiziqishlari bir-biriga juda yaqinligini ham qo‘shimcha qildi. Hozirda har ikki shaxmatchi Kiprdagi nufuzli musobaqa doirasida o‘z mahoratini namoyon etmoqda.

Javohir Sindorov turnirning yakuniy turigacha bo‘lgan bosqichlarda yuqori natija ko‘rsatib, g‘oliblikni amalda ta’minladi va jahon chempionligi uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bibisora Assubayeva esa o‘z guruhida yetti yarim ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallagan.

U yakuniy turda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega. Sportchilarning o‘zlari munosabatlari borasida hali rasmiy bayonot bermagan bo‘lsalar-da, tarmoqlardagi suratlar yosh grossmeysterlarning bir-birini doimiy qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatmoqda.

Muxlislar esa ularning ham sportda, ham shaxsiy hayotda muvaffaqiyat qozonishlarini kutishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
MadaniyatKecha, 21:46
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026