Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Dilfuza Ismoilovaning burnidagi olmos taqinchoq sogligiga jiddiy zarar yetkazdi

Madaniyat
11
Dilfuza Ismoilovaning burnidagi olmos taqinchoq sogligiga jiddiy zarar yetkazdi
Xonanda Dilfuza Ismoilova o‘zining tashqi ko‘rinishiga oid kutilmagan va yoqimsiz voqea haqida yangi intervyusida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’atkorning aytishicha, u Amerika Qo‘shma Shtatlariga safar qilgan vaqtda bir ayolning burniga taqilgan chiroyli olmos taqinchoq uning e’tiborini tortgan. Shu sababli xonanda o‘zi ham shunday bezakdan foydalanib ko‘rishga qaror qilgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Dilfuza Ismoilovaga katta hajmdagi olmos sovg‘a qilingan. U ushbu taqinchoqni burniga taqdirganini ma’lum qildi.

Biroq, bu qarori kutilmagan asoratlarga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan taqinchoq sababli burnida kuchli yallig‘lanish boshlangan va sog‘lig‘i yomonlashgan.

Holat og‘irlashgach, xonanda yordam so‘rab eski Toshkent tibbiyot institutiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. U yerda mutaxassislar tomonidan olmos taqinchoq olib tashlangan.

Dilfuza Ismoilova o‘sha paytdagi og‘riqli va qiyin vaziyatni eslab, juda qiynalganini aytdi. U o‘z holatidan iztirob chekkan holda, oynaga qarashga ham botinolmaganini va o‘sha taqinchoqni g‘azab bilan oynaga otib yuborganini qo‘shimcha qildi.

San’atkor jismoniy azoblar tufayli Allohdan kechirim so‘raganini ta’kidlab, bunday tajribalar insonni ko‘p narsaga o‘rgatishini izhor etdi.

O‘xshash yangiliklar

Ziroat Mirziyoyeva Belgradning tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanishdi
Ziroat Mirziyoyeva Belgradning tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanishdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida mamlakatimizning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Belgrad shahrida Serbiya Birinchi
MadaniyatKecha, 23:40
Dohada O'zbekistonning boy madaniy merosiga bag'ishlangan ko'rgazmalar ochildi
Dohada O'zbekistonning boy madaniy merosiga bag'ishlangan ko'rgazmalar ochildi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Qatar muzeylari boshqaruvi raisi Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy Dohadagi nufuzli Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan
Madaniyat23:37, 05-09-2026
Jahon yulduzi Enrike Iglesias Qozog'istonda tantanali kutib olindi
Jahon yulduzi Enrike Iglesias Qozog'istonda tantanali kutib olindi
Dunyoga mashhur ispan xonandasi, millionlab musiqa ixlosmandlarining ko‘ngil mulkiga aylangan jahon pop yulduzi Enrike Iglesias Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Xalqaro
Madaniyat23:57, 04-09-2026
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqasida o‘xshashi bo‘lmagan va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining yirik loyihasiga aylangan yangi Zamonaviy san’at markazi o‘z
Madaniyat23:34, 04-09-2026
Shohrux Xon O'zbekistonga kelishi va mahorat darslari o'tishi kutilmoqda
Shohrux Xon O'zbekistonga kelishi va mahorat darslari o'tishi kutilmoqda
Shohrux Xon O‘zbekistonga tashrif buyurish mumkinligi haqida ma’lumot berildi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Hindiston bosh vaziri Narendra Modining
Madaniyat23:36, 01-09-2026
Yangi Toshkentda mustaqillik bayramida Sara Braytman konsert berdi
Yangi Toshkentda mustaqillik bayramida Sara Braytman konsert berdi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 28 avgust kuni Yangi Toshkentda katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir respublikaning muhim tarixiy
Madaniyat23:32, 31-08-2026