Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Javohir Sindorov Nomzodlar turniri chempioni bo‘ldi va tabriklangan

Madaniyat
18
Javohir Sindorov Nomzodlar turniri chempioni bo'ldi va tabriklangan
Kiprning Pafos shahrida shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu musobaqaning 13-turi yakunlangach, O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov g‘alaba qozonib, chempionlikni ta’minladi. Qozog‘istonlik sportchi Bibisora Assubayeva hamkasbining ushbu yutug‘ini samimiy tabrikladi.

Bibisora Assubayeva muxlislar tomonidan tez-tez beriladigan shaxsiy munosabatlar haqidagi savolga ham javob qaytardi. U Javohir bilan besh yil oldin tanishganini va shu vaqt davomida bir-birining yutuqlarini qo‘llab-quvvatlab, birga rivojlanganini ta’kidladi.

Shaxmatchining aytishicha, Javohir dunyodagi eng mehribon insonlardan biri bo‘lib, u ushbu g‘alaba uchun to‘liq loyiq edi. Shuni ta’kidlash joizki, avvalroq Javohir Sindorovning buvisi ham yoshlar orasidagi munosabatlar borasida fikr bildirgan edi.

U agar yoshlar xohlasa, oila a’zolari bunday qarorga rozi ekanliklarini ma’lum qilgan. Turnir natijalariga ko‘ra, Javohir Sindorov oxirgi turdan oldin chempionlikni rasman hal qildi.

Sportchi 13-tur yakunida 9,5 ochko to‘plab, jadvalning cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bibisora Assubayeva esa ayollar o‘rtasidagi Nomzodlar turnirida 7,5 ochko bilan chempionlik uchun kurashmoqda.

Musobaqaning yakuniy turlari 15 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Yakuniy bosqichda Bibisora Assubayeva Hindiston vakili Diyva Deshmuh bilan, Javohir Sindorov esa Xitoylik Vey I bilan kuch sinashadi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026