Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Dilfuza Ismoilova boylik va kibr haqida ochiq gapirdi

Madaniyat
26
Dilfuza Ismoilova boylik va kibr haqida ochiq gapirdi
Mashhur komik aktrisa va xonanda Dilfuza Ismoilova yaqinda bergan intervyusida ko‘pchilikni hayratda qoldiruvchi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’atkor o‘zining shaxsiy hayoti, sog‘lig‘i va boylikka bo‘lgan munosabati haqida ochiq gapirdi. Ijodkor faoliyatining ilk davrlarida Qozog‘iston safarlaridan juda katta mablag‘ topib kelganini, Shvetsiya hamda Amerikaning ko‘plab shtatlarida gastrol qilganini esladi.

Biroq u hech qachon moddiy imkoniyatlari bilan maqtanmaganini ta’kidlab, kibrni pastkashlik belgisi deb hisoblashini aytdi. Dilfuza Ismoilova boylik tushunchasiga boshqacha yondashadi.

Uning fikricha, haqiqiy boylik ruhning xotirjamligi va yaqinlarining sog‘lig‘idir. San’atkor kelajakda nafaqat moddiy jihatdan, balki yaxshiliklari bilan ham tarixda qolishni orzu qiladi.

U to‘plagan mablag‘larini muhtojlarga ehson qilish, uysizlarga boshpana va ehtiyojmandlarga yordam berish niyatida ekanini ma’lum qildi. Xonanda ba’zi insonlar uning mehribonligidan foydalanishga urinishlaridan ranjishini bildirdi.

Ko‘pincha dabdabali to‘ylarni tashkil qilganlar san’atkorning mashhur ismini bepul xizmat ko‘rsatishi uchun ishlatmoqchi bo‘lishar ekan. Dilfuza Ismoilova bugungi darajaga yetish uchun yillar davomida tinmay mehnat qilgani va katta mablag‘ sarflaganini eslatdi.

Suhbat davomida san’atkor Amerikada sodir bo‘lgan qiziqarli voqeani ham so‘zlab berdi. Unga sovg‘a qilingan qimmatbaho brilliant tosh sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yallig‘lanish keltirib chiqargan ekan.

Sog‘lig‘i birinchi o‘rinda ekanini anglagan xonanda ushbu qimmatbaho toqinchoqdan voz kechgan va uni tashlab yuborganini aytdi. Shuningdek, 60 yoshga yaqinlashgan san’atkor hanuzgi muxlislarining ardog‘ida ekanini ta’kidladi.

Uning aytishicha, hali ham yosh yigitlar unga turmush qurishni taklif qilishar ekan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026