Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Gautam Adani Osiyo qit’asining eng boy shaxsiga aylandi

Madaniyat
22

Gautam Adani Osiyo qit’asining eng boy shaxsiga aylandi
Hindistondagi Adani Group konglomeratining asoschisi va rahbari Gautam Adani yana Osiyo qit’asining eng boy shaxsiga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu unvoni Reliance Industries kompaniyasi rahbari Mukesh Ambanidan tortib oldi. Bu haqda ma’lumot Bloomberg Billionaires Index reytingining 17 aprel sanasidagi yangilangan ma’lumotlarida aks etdi.

Gautam Adanining umumiy boyligi 92,6 milliard dollarni tashkil etib, bu unga dunyo reytingida 19-o‘rinni egallashga, Osiyo bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turishga imkon berdi. Mukesh Ambanining boyligi 90,8 milliard dollarga baholandi va u jahon ro‘yxatida 20-pog‘onada joy oldi.

Adanining boyligining oshishiga uning kompaniyasi aksiyalarining qadr ko‘tarilishi sabab bo‘ldi. Yil boshidan buyon Adani Groupning energetika, aeroportlar va port logistikasi sohalaridagi sho‘ba korxonalari aksiyalari qiymatining o‘sishi tufayli uning shaxsiy boyligi 8,1 milliard dollarga oshdi.

Shu bilan birga, shu davr mobaynida Ambanining boyligi 16,9 milliard dollarga kamaydi. Osiyoning eng boy odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘rin ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjan Iminga tegishli bo‘lib, uning boyligi 68,7 milliard dollarni tashkil etadi.

Jahon miqyosida esa Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask ancha oldinda turibdi. Uning boyligi 656 milliard dollarga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinni Google asoschilaridan biri Larri Peyj egallab, uning boyligi 286 milliard dollarni tashkil etadi. Uchinchi o‘rinda Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos turibdi, uning boyligi 269 milliard dollarga yetadi.

Dunyoning eng badavlat odamlari orasida eng katta boylik yo‘qotgani LVMH boshqaruv raisi Bernar Arnoga tegishli bo‘lib, uning moliyaviy qiymati 44 milliard dollarga qisqardi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026