ENRU

Jahongir Mirzo taxallusli shoir o‘z joniga qasd qildi

Madaniyat
95
Jahongir Mirzo taxallusli shoir o'z joniga qasd qildi
Jahongir Mirzo taxallusi bilan ijod qilgan yosh shoir va yozuvchi, shuningdek, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Jahongir Nomozov o‘z uyida vafot etgan holda topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan. Bu fojiali voqea 15 aprel kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yuz berdi.

Tuman Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea joyiga soat 13:00 atrofida yetib borilgan. 1997 yil 24 yanvarda tug‘ilgan Jahongir Nomozov o‘z uyidagi hammomda arqon yordamida o‘z joniga qasd qilgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘lim bo‘yin qismining siqilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik nafas etish to‘silib qolishi sabab bo‘lgan.

Bo‘yindagi izdan tashqari tanada boshqa jarohatlar aniqlanmagan. Jahongir Nomozov zamonaviy o‘zbek adabiyoti vakili, shoir, tarjimon va faol jurnalist sifatida tanilgan edi.

U Turkiyaning bir adabiy jurnalida O‘zbekiston vakili sifatida ishlagan, xalqaro yozuvchilar guruhi koordinatori bo‘lgan va bir qancha xalqaro uyushmalar a’zosi edi. Shuningdek, u “Abay” medali sohibi bo‘lgan.

Jahongir Nomozovning she’rlari ingliz, ozarbayjon, turk tillariga tarjima qilingan va uning asarlari xalqaro antologiyalar hamda adabiy platformalarda chop etilgan. Uning “Tush” va “Ishonch qo‘shig‘i” kabi asarlari xalqaro miqyosda tan olingan.

Bu voqea adabiyot hamjamiyati va yaqinlari uchun og‘ir yo‘qotish hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026