San'atkor Ravshan Komilov 62-yosh tavallud bayramini nishonladi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov bugun, 26 oktyabr kuni 62-yosh tavallud ayyomini nishonlamoqda. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Xonanda 1964 yil 26 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Taʼlim va ijod yo‘li Ravshan Komilov dastlab musiqa maktabida tahsil olgan.
Keyinchalik Madaniyat texnikumi va Pedagogika oliygohining musiqa fakultetini tamomlagan. Uning professional ijodiy faoliyati 1987 yilda boshlangan.
Mashhur asarlar Sanʼatkor "Odam boʼlaylik", "Qarab qoʼy", "Tango", "Yurishlaring yoqadi" va "Ozodani sevaman" kabi qoʼshiqlari bilan muxlislar eʼtiborini qozongan. Bugungi kunga qadar uning 200 dan ortiq qoʼshigʼi, 30 dan ziyod videoklipi va 10 dan ortiq albomi mavjud.
Mukofotlar Ravshan Komilov 1991 yilda "Kamolot" koʼrik-tanlovida gʼolib boʼlgan, 1994 yilda "Ulugʼbek" mukofotiga sazovor boʼlgan. 2000 yilda esa "Oʻzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Tahririyat nomidan Ravshan Komilovni tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Xonandaga mustahkam sogʼliq, oilaviy baxt va ijodiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.





