Bugun
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
+34°
пасмурно ветер 4.8 м/с, ЮЗ

Xorazmda keng ko‘lamda Qovun sayli boshlanadi

Oʻzbekiston
50
Xorazmda keng ko‘lamda Qovun sayli boshlanadi
Avgust oyining boshlaridan Xorazm viloyati yana sayyohlar va mahalliy aholi e’tiborida bo‘ladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkaziladigan an’anaviy “Qovun sayli” festivali bu yil yanada keng ko‘lamda tashkil etilishi kutilmoqda. Festival doirasida viloyatning barcha shahar va tumanlarida yetishtirilgan turli hil qovunlar ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etiladi.

Har bir pavilon milliy an’ana, hududiy uslub va rang-baranglik asosida bezatiladi, bu esa mehmonlarga bayramona muhit yaratadi. Saylda faqat shirin qovunlar emas, balki milliy madaniyatning turli jihatlari ham namoyon bo‘ladi.

Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, qo‘g‘irchoq teatri, milliy liboslar defilesi, Xorazm nonlari hamda o‘ziga xos taomlar savdosi va hunarmandchilik ko‘rgazmalari festival dasturini boyitadi. Folklor guruhlari va badiiy jamoalar jonli ijroda kuy-qo‘shiqlarni taqdim etadi.

San’atga qiziqqanlar uchun tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Bolalar uchun esa maxsus o‘yin maydonchalari va mahorat darslari tayyorlanadi.

Festivalda faol ishtirok etganlar Xorazm viloyati hokimligi va homiylar tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Bu qatnashchilarga rag‘bat bo‘lib, festivalga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.

Eng shiddatli va kutilgan tadbirlar 8-9 avgust kunlari Xivaning tarixiy “Ichan qal’a” majmuasida, 10 avgustda esa “Arda Xiva” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan gala konsertlardir. Ushbu konsertlarda mahalliy va xorijiy san’atkorlar jonli ijroda chiqish qiladi, bu festival kayfiyatini yanada oshiradi.

“Qovun sayli” nafaqat qovunlarni taqdim etish, balki xalq hayoti, madaniyati va mehmondo‘stligini namoyish etuvchi yirik madaniy tadbirdir. Saylda ishtirok etish orqali mehmonlar nafaqat mazali mevalardan bahramand bo‘ladi, balki o‘zbek xalqining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston Kecha, 02:57
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston Kecha, 02:33
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston Kecha, 01:40
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston Kecha, 01:36
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston Kecha, 00:59
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston Kecha, 00:31