ENRU

Egasiz ko‘chmas mulk davlat mulkiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston
34
Egasiz ko‘chmas mulk davlat mulkiga o‘tkaziladi
Egasiz ko‘chmas mol-mulklarni aniqlash, ularni hisobga olish hamda davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq, egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ko‘chmas mol-mulk egasiz hisoblanadi. Egasiz ko‘chmas mol-mulk hisobga olinganidan so‘ng bir yil o‘tishi bilan davlat mulkini boshqarish vakolatiga ega organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ushbu mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi mumkin.

Prezidentning 2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab egasiz ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va sudlarga da’vo arizalarini kiritish huquqi berildi. Egasiz ko‘chmas mol-mulklarni aniqlash, davlat mulkiga o‘tkazish va ulardan samarali foydalanish vazifalari Davlat aktivlari agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Nizomda egasiz ko‘chmas mol-mulklarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi belgilangan. Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga egasiz ko‘chmas mol-mulklarni davlat mulkiga o‘tkazish uchun sudga murojaat qilish huquqi beriladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat aktivlari agentligi bilan hamkorlikda egasiz bino va inshootlarni aniqlash hamda hisobga olish uchun maxsus elektron axborot tizimini yaratadi. Ushbu tizim «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali boshqa axborot tizimlari bilan bog‘lanadi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 22 avgust
22 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 21 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 21 avgust
21 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
20 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 ISTANBUL (Istanbul International
O‘zbekiston00:10, 20-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 19 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 19 avgust
19 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 PHUKET 01:05 32Q HY281 ISTANBUL
O‘zbekiston00:10, 19-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 18 avgust
18 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi 281 ISTANBUL (Istanbul International
O‘zbekiston00:10, 18-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
16 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi 281 ISTANBUL (Istanbul International
O‘zbekiston00:10, 16-08-2026