ENRU

Abituriyentlar 8 avgustga qadar OTM tanlashi kerak

O‘zbekiston
33
Abituriyentlar 8 avgustga qadar OTM tanlashi kerak
Abituriyentlar 8 avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi zarur. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Buning uchun my.uzbmb.uz saytidagi «Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul» bo‘limiga kirib, «Xizmatdan foydalanish» tugmasini bosish lozim. Keyin «OTM tanlash» bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent «Tanlov ustuvorligi» hamda «Maqsadli qabul» parametrlarini belgilaydi. Shundan so‘ng, test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos ravishda, beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlash mumkin.

Tanlovdan so‘ng «Saqlash» tugmasi bosiladi va ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMSdagi kod dasturga kiritilgach, ma’lumotlar rasmiy ravishda tasdiqlanadi.

Ma’lumotlar tasdiqlangach, «Abituriyent qayd varaqasi» hosil bo‘ladi. Unda tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va tanlangan yo‘nalishlar aks etadi.

Qayd varaqani yuklab olish tugmasi orqali abituriyent o‘ziga kerakli hujjatni olishi mumkin. Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati tugaguncha abituriyent o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi va qayd varaqasini qayta yuklab olishi mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlik haqidagi yakuniy natijalar ta’lim yo‘nalishlari tanlovi to‘liq yakunlangach, bir hafta ichida e’lon qilinadi. O‘tgan yilgi o‘tish ballari asosida qaysi OTMga kirish mumkinligini aniqlash uchun quyidagi botlardan foydalanish mumkin: @mandat_javobbot, @e_uzbmb_mandatbot va @bmb_natijabot.

Manba: my.uzbmb.uz.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 30 avgust
30 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
29 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 avgust
28 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekiston00:10, 28-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 avgust
27 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 27-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
26 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 26-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 avgust
25 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 25-08-2026