ENRU

Mirziyoyev 92 ming bitiruvchini ishga joylashtiradi

O‘zbekiston
50
Mirziyoyev 92 ming bitiruvchini ishga joylashtiradi
Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari hozirda ishga joylashmagan 92 ming nafar bitiruvchini ish bilan ta’minlash hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, 20 ming nafar bitiruvchi magistratura va ikkinchi mutaxassislik dasturlari orqali kasbiy bilimlarini oshiradi.

Shuningdek, yana 20 ming bitiruvchini 10 mingga yaqin korxonalardagi staj talab qilmaydigan ish o‘rinlariga joylashtirish mumkinligi ta’kidlandi. Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil etilib, unda tadbirkorlik, startaplar, marketing, dizayn va axborot texnologiyalari xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvchini band qilish vazifasi qo‘yildi.

Kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya va farmatsevtika sohalarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, sifat nazorati va moliya yo‘nalishidagi mutaxassislarni ishga joylashtirish imkoniyati mavjudligi bildirildi. Bundan tashqari, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvchini doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Mutasaddilarga 6 ming bitiruvchini transport, logistika, yo‘l qurilishi, kommunal sohalar bilan qamrab olish, shuningdek, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat va san’at sohalaridagi muassasalarda 10 ming bitiruvchini ishga joylashtirish topshirildi. Qolaversa, 30 ming bitiruvchiga o‘z biznesini boshlashda ko‘mak beriladi.

Davlat rahbari uyushmagan yoshlar bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Hozirda 115 ming nafar yoshlarning bandligi vazirliklar, viloyat va tuman rahbarlari tomonidan ta’minlanmoqda.

Shuningdek, 52 ming tarbiyasi og‘ir yoshlar huquq-tartibot organlari tomonidan otaliqqa olingani ijobiy natija berdi. Qolgan 5,5 ming ishsiz, 31 ming tarbiyasi og‘ir yoshlar va 3 ming ta’limdan chetlatilgan talaba bilan tizimli ishlash, ularni hayotga moslashtirish zarurati ta’kidlandi.

Mutasaddilarga hokimlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 9 ming uyushmagan va o‘qishdan chetlatilgan yoshlarni tadbirkorlik, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘rgatib ishga joylashtirish topshirildi. Shuningdek, 31 ming tarbiyasi og‘ir yoshlarni kasb va til to‘garaklari, sport musobaqalari hamda harbiy-vatanparvarlik tadbirlariga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
23 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 23-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
22 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 22-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
21 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-10-2026