EN RU

Mobiuz xususiylashtirishida 15 ta kompaniya qiziqish bildirdi

Oʻzbekiston
21
Mobiuz xususiylashtirishida 15 ta kompaniya qiziqish bildirdi
O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Universal Mobile Systems” (Mobiuz) uyali aloqa operatorini xususiylashtirish jarayoniga oid so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Iyun oyida boshlangan ommaviy savdo jarayonida strategik va moliyaviy maslahatchilar sifatida KPMG hamda Rothschild & Co kompaniyalari jalb etildi. Ular ikki oy davomida yuzdan ortiq potensial investorlar bilan muzokaralar olib bordi.

2025 yil 1 avgust soat 18:00 (Toshkent vaqti) holatiga ko‘ra, AQSh, Yevropa, Arab davlatlari, Yaqin Sharq, Kavkaz, Sharqiy va Markaziy Osiyo mintaqalaridan jami 15 ta xorijiy va mahalliy kompaniya aktivni sotib olishga qiziqish bildirgan. Barcha murojaatlar belgilangan mezonlar asosida tekshirildi.

Ular moliyaviy imkoniyatlarning yetarliligi, huquqiy to‘siqlarning yo‘qligi, jinoyat daromadlarini legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi qonunchilikka rioya qilinishi, shuningdek, xalqaro moliya institutlari sanktsiyalar ro‘yxatiga kirmasligi va davlat kompaniyasi maqomiga ega emasligi bo‘yicha baholandi. Talablarga javob bergan ishtirokchilar tenderning keyingi bosqichiga — majburiyatsiz takliflarni taqdim etish jarayoniga o‘tkaziladi.

Ular bilan axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolanganidan so‘ng, axborot memorandumi va aktiv haqida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi. Majburiyatsiz takliflar 2025 yil 15 oktyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Mobiuz O‘zbekistondagi to‘rtinchi yirik mobil operator hisoblanadi. Fitch Solutions ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil oxirida mamlakatda mobil aloqa abonentlarining umumiy soni 35,6 millionni tashkil etgan bo‘lib, shulardan 20,9 foizi Mobiuzga to‘g‘ri keladi.

Kompaniya 2024 yilda 164 million dollar sof daromad va 41 million dollar EBITA ko‘rsatkichini qayd etdi. Xususiylashtirish jarayoni 2025 yil iyun oyida e’lon qilingan.

Ilk bosqichda Qatardan, Saudiya Arabistonidan, Ozarbayjondan va Yevropadan bir qator investorlar qiziqish bildirgan. Bloomberg nashrining xabar berishicha, hukumat Mobiuz sotuvidan 300 million dollar atrofida mablag‘ jalb qilishni maqsad qilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bu borada bevosita izoh bermagan, ammo asosiy tezislarni o‘z rasmiy kanallarida e’lon qilgan. Kun.uz tahririyati agentlikka bir nechta savollar yo‘llagan bo‘lsa-da, hozircha javob olgani yo‘q.

Ular orasida Bloomberg tezislarining maqsadi, Mobiuz narxining aniq miqdori, potensial xaridorlar uchun investitsiya, xizmat sifati va ish o‘rinlarini saqlash kabi qo‘shimcha shartlar mavjudligi, Rothschild & Co kompaniyasining aniq vazifalari hamda 2013 yildagi MTS bilan bog‘liq musodara va milliylashtirish holatlari xorijiy investorlarga qanday tushuntirilayotgani kabi savollar bor (manba: zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston 02:57, 31-05-2026
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston 02:33, 31-05-2026
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston 01:40, 31-05-2026
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston 01:36, 31-05-2026
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston 00:59, 31-05-2026
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston 00:31, 31-05-2026