Bugun
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
+25°
пасмурно ветер 2.8 м/с, В

Falastinliklarga O‘zbekistonda keng ko‘lamli yordam beriladi

Oʻzbekiston
44
Falastinliklarga O‘zbekistonda keng ko‘lamli yordam beriladi
O‘zbekistonga keltirilgan falastinlik fuqarolarga davlat tomonidan keng ko‘lamli g‘amxo‘rlik va yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu boradagi chora-tadbirlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14 avgust kuni imzolagan “O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan. Farmonga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi falastinlik bolalarni yashash joylari bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda maktablarga joylashtiradi.

Ularning ta’lim jarayoniga tezroq moslashishi uchun muassasa rahbarlari o‘rinbosarlari biriktiriladi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda bolalarning moslashuvi va rivojlanishini ta’minlash maqsadida doimiy monitoring tashkil etiladi.

Falastinlik bolalar 2028 yil 1 yanvariga qadar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-ona to‘lovidan to‘liq ozod qilinadi. Ular navbatga turmasdan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida qabul qilinadi.

Bundan tashqari, Prezidentning 2025 yil 17 yanvardagi qarori doirasida falastinlik o‘quvchilar davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ta’lim kasb-hunar, axborot texnologiyalari hamda oliy ta’limga tayyorgarlik yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi va barcha xarajatlar Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijda olingan umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish hujjatlarini ikki oy ichida test sinovlarisiz va yig‘imsiz tan oladi. Bu falastinliklarning O‘zbekistonda kasbiy va ilmiy faoliyatini tez va to‘siqsiz davom ettirishiga imkon beradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi esa falastinlik fuqarolarni yashash joylari bo‘yicha oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalar hamda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda ro‘yxatga oladi. Ular kambag‘al oilalar toifasida bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, zarur yo‘llanmalar Davlat budjeti hisobidan beriladi.

Mazkur farmon O‘zbekistonning insonparvarlik siyosati va mehr-shafqat an’analarini yana bir bor tasdiqlab, falastinliklar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi (manba: zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston Bugun, 02:57
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston Bugun, 02:33
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston Bugun, 01:40
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston Bugun, 01:36
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston Bugun, 00:59
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston Bugun, 00:31