Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Noqonuniy formali kiyim kiyishga yangi jazo joriy etiladi

O‘zbekiston
33
Noqonuniy formali kiyim kiyishga yangi jazo joriy etiladi
Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha yangi qonun loyihasi jamoatchilikka taqdim etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashabbus asosan vazirliklar, idoralar hamda turli tashkilotlar xodimlariga tegishli formali kiyimlarni noqonuniy ravishda kiyish holatlarini oldini olishga qaratilgan. Jinoyat kodeksining 56-moddasining birinchi qismidagi “o” bandi qayta ko‘rib chiqilib, unga “p” bandi qo‘shilmoqda.

Yangi tahrirda “o” bandi mastlik yoki giyohvand moddalar ta’sirida jinoyat sodir etishni, “p” bandi esa hokimiyat vakili hisoblanmagan shaxsning hokimiyat vakili kiyimi yoki rasmiy hujjatlaridan foydalanib jinoyat sodir etishini nazarda tutadi. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik kodeksiga yangi 209-1-modda kiritilib, unda vazirlik va tashkilot xodimlariga tegishli rasmiy, harbiy yoki maxsus formali kiyimni hech qanday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs kiyib yursa, bu kiyim musodara qilinishi va bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinishi belgilangan.

Harbiy va idoraviy formali kiyimning rangi, uslubi, ramzlari yoki farqlovchi belgilariga o‘xshash kiyimlarni ishlab chiqish va undan foydalanish ham jiddiy jarimalarga sabab bo‘ladi. Bunday holatda kiyim musodara qilinib, jarima miqdori bazaviy hisoblashning besh baravaridan o‘n baravarigacha belgilanishi mumkin.

Agar ushbu qonun loyihasi qabul qilinsa, formali kiyimlardan suiiste’mol qilish holatlarini bartaraf etish va jamoat xavfsizligini ta’minlash imkoniyati oshadi (manba: zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026