Bugun
Kreml Putin va AQSH razvedkasi rahbari uchrashganini rad etdi
+36°
ясно ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Namangan aeroportida yangi yuk terminali qurilmoqda

O‘zbekiston
39
Namangan aeroportida yangi yuk terminali qurilmoqda
Namangan aeroportida katta qurilish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari shahar darvozasi hisoblangan aeroport hududidan aniq sezilmoqda. Hozirda aeroportda zamonaviy va keng ko‘lamli yuk terminali barpo etilmoqda.

Ushbu terminal kuniga 50 tonnadan ortiq yuk tashishga imkon beradi va 90 dan ortiq xorijiy davlatlarga eksport qilishda xizmat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentyabr kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurib, mahalliy aholi hayoti va hudud rivojini yaqindan o‘rganib chiqdi.

Uning e’tibori asosan aeroportdagi bunyodkorlik ishlari ustida bo‘ldi. Ushbu loyihaga 140 million dollar miqdorida investitsiya ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘ yangi terminallar, chegara nazorati va zamonaviy viza bo‘limlarini qurishga yo‘naltirilmoqda.

O‘tgan yilgi tashrifi davomida Prezident Namangan aeroportini rivojlantirish bo‘yicha loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Bugungi kunda qurilish ishlari tezkor sur’atda olib borilmoqda.

Yangi 3 qavatli terminalda yo‘lovchi tashish quvvati hozirgi aeroportga nisbatan 2,5 barobar oshishi rejalashtirilgan. Shuningdek, biznes zali, savdo va ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot xonasi hamda Duty free do‘konlari zamonaviy uslubda tashkil etiladi.

Namangan aeroportida katta yuk terminali ham barpo etilmoqda. Bu orqali vodiyda yagona kargo tizimi yaratiladi va hududning eksport, biznes hamda tranzit salohiyati sezilarli darajada oshadi.

Misol uchun, joriy yilda Namangan viloyatiga 1,5 million xorijiy va 2 milliondan ortiq mahalliy sayyohlarni jalb qilish hamda xizmatlar eksportini 210 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Andijon va Farg‘ona viloyatlari eksporti ham ushbu jarayondan manfaatdor bo‘lmoqda.

Aeroportda maxsus texnik vositalar yangilanmoqda, bu esa turli o‘lchamdagi samolyotlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Shuningdek, keytering xizmatlari, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik binolari ham bunyod etilmoqda.

Yangi terminallar kelasi yilda ishga tushirilishi kutilmoqda. Davlat rahbari aeroport atrofidagi infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Dunyo tajribasiga muvofiq, aeroport atrofida mehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar majmualar hamda barcha zamonaviy xizmatlar tashkil etilishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, avtoturargoh va servis obyektlari barpo etilib, mehmonlar uchun qulayliklar kengaytirilishi belgilandi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
26 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 25 avgust
25 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
24 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY3021 Buxoro 00:50 32A HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
23 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 23-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 22 avgust
22 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 22-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 21 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 21 avgust
21 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-08-2026