[metatags]Namanganda yangi sanoat zonasi ishga tushirildi - One.uz, 16.09.2025{short-story limit="200"}, One.uz, 16.09.2025[/metatags]

Namanganda yangi sanoat zonasi ishga tushirildi

Oʻzbekiston
42
Namanganda yangi sanoat zonasi ishga tushirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentyabr kuni Yangi Namangan tumanida barpo etilgan “Taraqqiyot” sanoat va servis zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish hamda aholining bandligini ta’minlash maqsadida turli hududlarda texnoparklar va kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda. Namangan viloyatida bugungi kunga kelib 1,5 ming gektar maydonda jami 73 ta sanoat zonasi faoliyat yuritmoqda.

Yangi Namangan tumanidagi Sohil mahallasida ham bu ishlar o‘z samarasini bermoqda. Ilgari mahalliy tadbirkorlar va hunarmandlar tor sharoitda, asosan uy sharoitida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirda ular zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan keng maydonda ish olib bormoqda.

“G‘ijduvon tajribasi” asosida tashkil etilgan 10 gektarlik sanoat zonasida 113 ta yirik va o‘rta quvvatli loyiha joylashtirilgan. Budjet mablag‘lari hisobidan elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, shuningdek, ichki yo‘llar kabi barcha zarur infratuzilma qurilib, ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Natijada yiliga 500 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish imkoniyati yuzaga keldi. Eng muhimi, 4800 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Qo‘shni mahallalardan 170 nafar tadbirkor jalb qilinib, 350 dan ziyod xonadonda kooperatsiya asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa aholining iqtisodiy faolligini sezilarli darajada oshirmoqda.

Shuningdek, sanoat zonasida tayyor uskunalar va amaliyotdan foydalanib, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta tayyorlash imkoniyati ham mavjud. Bu chora-tadbirlar ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirishga, aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev servis markazlarini ko‘zdan kechirib, mahalliy ustalar bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari ta’kidlashicha, mamlakatimizda yangi avtomobil zavodlari ishga tushirilmoqda va mashinalar soni ortib bormoqda, ammo servis xizmati hali yetarli emas.

Chet el avtomobillari uchun xizmat ko‘rsatish tizimini ham yo‘lga qo‘yish zarur. Bu orqali aholi bandligi oshadi va xizmat sifati yaxshilanadi.

Shu sababli bunday servis markazlarini boshqa tumanlarda ham tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, prezident mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanayotgan mebellar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Yoshlarning tajriba orttirishi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ish topish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan alohida ko‘rsatmalar berildi. Majmuada mehnat sharoiti bilan bir qatorda dam olish, xavfsizlik va inson qadrini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar ham bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Namanganda shaharsozlik va uy-joy qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu ishlar aholi uchun zamonaviy yashash sharoitini yaratish va hududlarni kompleks rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston 02:57, 31-05-2026
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston 02:33, 31-05-2026
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston 01:40, 31-05-2026
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston 01:36, 31-05-2026
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston 00:59, 31-05-2026
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston 00:31, 31-05-2026