ENRU

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiyada qiyin vaziyatda qoldi

O‘zbekiston
33
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiyada qiyin vaziyatda qoldi
Saudiya Arabistonida umra ibodatini ado etish uchun borgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar qiyin vaziyatga tushib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatimiz fuqarosi D.I. Bosh konsulxonaga murojaat qilib, ziyoratchilar rejalashtirilgan vaqtda O‘zbekistonga qaytib keta olmasliklari va yordam so‘rashga majbur bo‘lishlarini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ziyoratchilar uchun taqdim etilgan aviatomon chiptalarda ular 2025 yil 15 sentyabr kuni Madinadan uchib, O‘zbekistonga qaytishi lozim edi. Biroq sayyohlik firmasi tomonidan chiptalardagi muammolar haqida oldindan xabar berilmagani sababli, ziyoratchilar noaniq vaziyatda qolishdi.

Firma vakillari faqat «yaqin kunlarda ketishlari mumkin» degan noaniq javob bilan cheklangan. Bu esa ayniqsa, yoshi kattalar va ayollarda bezovtalikni kuchaytirdi.

Bosh konsulxona vaziyatni o‘rganib, zudlik bilan sayyohlik firmasi bilan muzokara o‘tkazdi. Ulardan ziyoratchilarning xavfsizligini ta’minlash va tez fursatda ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora ko‘rish talab qilindi.

Firma vakillari aviakompaniyalar bilan yuzaga kelgan texnik va tashkiliy muammolar sababli chiptalar o‘z vaqtida xarid qilinmaganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, Bosh konsulxona kompaniyaga ziyoratchilarni vaqtincha mehmonxona bilan ta’minlash va yangi chiptalar xarid qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Natijada barcha ziyoratchilar Makka shahridagi Samaa Al-Misk mehmonxonasiga joylashtirildi. Keyingi muzokaralar orqali ular uchun qayta chiptalar sotib olindi.

2025 yil 17 sentyabr kuni ziyoratchilar Fly Khiva aviakompaniyasining Madina – Toshkent yo‘nalishidagi samolyoti orqali O‘zbekistonga qaytib keldi. Bosh konsulxona butun jarayonni nazorat qilib, fuqarolarimizning Vatanga omon-omon yetib kelishini ta’minladi (manba: zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
29 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 avgust
28 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 avgust
27 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 27-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
26 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 26-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 avgust
25 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 25-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
24 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY3021 Buxoro 00:50 32A HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-08-2026