EN RU

Bo‘stonliqdagi o‘rmon yong‘ini tez bartaraf etildi

Oʻzbekiston
18
Bo‘stonliqdagi o‘rmon yong‘ini tez bartaraf etildi
2025 yil 20 sentyabr kuni soat 13:00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yakatut qishlog‘iga tutash hududda joylashgan Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yong‘in haqida xabar kelishi bilan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari, 40 nafardan ortiq ishchi-xodimlar, shuningdek, mahalliy yoshlardan tashkil topgan 10 kishilik ko‘ngilli yong‘in-qutqaruv guruhi va tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari hodisa joyiga yetib bordi. Ularning tezkor va hamjihat harakatlari tufayli yong‘in soat 14:40 ga kelib butunlay bartaraf etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida taxminan 1,5 gektar maydondagi qurib qolgan o‘tlar yonib ketgan. Yong‘inning kelib chiqish sababi sifatida Yakatut qishlog‘ida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan S.D.

ismli fuqaroning ichimlik suvi metall quvurini payvandlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi ko‘rsatilmoqda. Shu sababli S.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 84-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Mazkur voqea yuzasidan zaruriy profilaktik choralar ko‘rilmoqda va fuqarolardan o‘rmon hududlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari so‘ralmoqda. Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston 02:57, 31-05-2026
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston 02:33, 31-05-2026
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston 01:40, 31-05-2026
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston 01:36, 31-05-2026
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston 00:59, 31-05-2026
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston 00:31, 31-05-2026