ENRU

O‘zbekistonda gaz quyish tizimi nazoratga olindi

O‘zbekiston
80
O‘zbekistonda gaz quyish tizimi nazoratga olindi
O‘zbekistonda gazdan foydalanishni nazorat qilish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi UGaz axborot tizimi joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tizim “Yagona integrator – Uzinfocom” tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi. UGaz tizimi 2024 yil 6 iyulda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror asosida ishga tushirildi.

Endilikda gaz quyish shoxobchasi litsenziya olish uchun ushbu tizimdan foydalanishi majburiy hisoblanadi. Tizimning asosiy vazifalari orasida gaz quyish jarayonini real vaqt rejimida qayd etish, qo‘lda yuritiladigan hisob-kitoblarni kamaytirish, noqonuniy faoliyatlarni aniqlash, texnik xavfsizlikni ta’minlash va xizmat shaffofligini oshirish bor.

Avtomobil AGTKSHga kirishi bilan uning texnik ko‘rigi, balloni ro‘yxatdan o‘tgani yoki yo‘qligi hamda yonilg‘i turining mosligi avtomatik tarzda tekshiriladi. Muammo aniqlansa, operatorga darhol xabar beriladi.

Shuningdek, shoxobchadagi har bir kolonka va xodim faoliyati ham UGaz tizimi orqali nazorat qilinadi. Bu tizim Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Energonazorat, OneID va Toshshaxartransxizmat kabi idoralar bilan to‘liq integratsiyalashgan.

Shu tariqa, gaz sohasidagi nazorat kuchaytirilib, xizmat ko‘rsatish sifati va shaffofligi oshirilmoqda (manba: zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
23 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 23-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
22 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 22-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
21 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-10-2026