ENRU

Mirziyoyev AQSH Kongressi bilan hamkorlikni kuchaytirdi

O‘zbekiston
78
Mirziyoyev AQSH Kongressi bilan hamkorlikni kuchaytirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 sentyabr kuni Nyu-York shahrida AQSH Kongressi a’zosi, Vakillar palatasidagi O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus raisi Trent Kelli hamda Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Bobbi Jin bilan uchrashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash va kengaytirish haqida so‘z bordi.

Parlamentlararo aloqalar va almashinuvlar sohasida sezilarli yutuqlar qayd etildi. AQSH Kongressining Senat va Vakillar palatasi a’zolari muntazam ravishda O‘zbekistonga tashrif buyurib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus faoliyatini davom ettirmoqda va uning tarkibi kengaymoqda. Har yili Kongressda O‘zbekiston kunlari o‘tkazilib, parlamentlar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda.

AQSHning Missisipi shtati bilan savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarining yuqori darajada ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda Kongressning qo‘llab-quvvatlovi muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida yaqinda Kongress delegatsiyasi va Missisipi shtati ishbilarmonlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalarida kelishuvga erishildi. Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
23 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 23-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
22 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 22-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
21 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-10-2026